

O'yin "Kingdom Arena" stadionida o'tkazildi. O'yin mezbonlarning 6:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi golni 7-daqiqada mezbonlar himoyachisi Moteb Al-Xarbi urdi. Bir daqiqa o'tgach, "Al Hilol" hujumchisi Karim Benzema hisobni oshirdi. 31-daqiqada Benzema dubl qayd etdi. Birinchi taym oxirida, 45+5-daqiqada Benzema xet-trikni rasmiylashtirdi. Ikkinchi taymning 55-daqiqada yarim himoyachi Salem Al-Dovsari beshinchi golni urdi. Markos Leonardo esa hisobni 6:0 ga etkazdi.
Shu tariqa, "Al Hilol" 68 ochko to'plab, turnir jadvalida ikkinchi o'rnida bormoqda.



