

Hamyurtimiz Otabek Shukurov harakat qiladigan "Al Feyha" raqibi ustidan kichik 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur uchrashuvda Otabek Shukurov to'liq 90 daqiqa harakat qildi va 76-daqiqada sariq kartochka bilan jazolandi. "Al Feyha" ayni paytda turnir jadvalida 15 ochko jamg'argan holda 18 ta jamoa orasida 14-o'rinni egallab turibdi. Jamoa keyingi o'yinini 27 yanvar kuni mehmonda "Al Shabab"ga qarshi o'tkazadi.



