"Al Ayn" - "Paxtakor". Bosh hakam haqida

Narzulla Saydullayev
7 apr 2015
OCHL 4-turidan o'rin olgan “Al Ayn” – “Paxtakor” uchrashuviga qatarlik Fahad Jobir Al Marri boshchiligidagi hakamlar brigadasi tayinlandi.
1986 yilda tug'ilgan ushbu hakam xalqaro faoliyatini 2012 yil boshlagan. Shu kunga qadar O'zbekiston terma jamoalari va klublari ishtirokidagi o'yinlarda bosh hakam sifatida umuman ishlamagan. Osiyo chempionlar ligasida bu yil debyut qilgan Al Marri bugunga qadar “Sharq” mintaqasi doirasidagi ikkita o'yinda ishladi. “Kashiva Reysol” va “Bin Duong” o'rtasidagi bahsda maydon egalari yirik hisobda zafar quchishdi – 5:1. “Guanchjou RF” – “Seongnam” uchrashuvida esa mehmonlar g'alaba qozonishdi (0:1).

OCHL. 4-tur. "B" guruhi
“AL AYN” – “PAXTAKOR”
7 aprel 2015. Dubay. “Xazza Bin Zayd” stadioni. 20:15
Bosh hakam:
Fahad Jobir Al Marri (Qatar)
Qanot hakami 1: Saud Ahmad Al Maqaleh (Qatar)
Qanot hakami 2: Yosir Tulefat (Bahrayn)
Zaxira hakami: Ali Reda (Livan)
Hakamlar eksperti: Halil Al Gamdi (Saudiya Arabistoni)
Uchrashuv komissari: Vinsent Yuen (Gonkong)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia