"Al Ahli" prezidenti Marez bilan transfer bo'yicha muzokara o'tkazish uchun Angliyaga uchdi

Sherzod Nurmatov
8 iyun 2023
Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi "Manchester Siti" vingeri Riyad Marezga qiziqish bildirmoqda.

"CBS Sports" xabariga ko'ra, klub prezidenti Valid Muaat 32 yoshli futbolchi bilan muzokara o'tkazish uchun 7 iyun kuni Londonga borgan. "Al Ahli" o'tgan mavsumni Saudiya Arabistonining ikkinchi ligasida o'tkazdi. Mavsum yakuniga ko'ra jamoa musobaqa jadvalida 1-o'rinni egalladi va oliy divizionda o'ynash huquqini qo'lga kiritdi.

32 yoshli Marez 2022/23 yilgi mavsumda "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda qatnashib, 15 ta to'p kiritdi va 13 ta golli pas uzatdi. Shartnoma 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CBS Sports