"Al Ahli" Firminoning transferidan so'ng Mane bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
5 iyul 2023
"Al Ahli" Sado Manega qiziqmoqda.

Saudiya Arabistoni klubi senegallik vingerni uning "Liverpul"dagi sobiq sherigi Roberto Firminoning transferidan so'ng xarid qilmoqchi. Mane bilan shartnoma imzolash Saudiya futboli uchun asosiy maqsadlardan biridir.

Mane o'tgan yozda "Liverpul"dan "Bavariya"ga o'tdi.

U Bundesliga doirasida 25ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/JacobsBen