

Ushbu uchrashuvdan so'ng, "qaldirg'ochlar" himoyachisi Akrom Komilov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Dinamo"ga qarshi uchrashuv jamoamiz uchun juda ham qiyin bo'ldi. "Dinamo" futbolchilari muxlislari ko'z o'ngida g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun bor kuchi bilan harakat qildi. Shu sababli Samarqandda qiyin uchrashuvni o'tkazdik.
Final yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun bor kuchimizni sarfladik. Shunday bo'lsada, o'zimiz uchun kerakli bo'lgan natijani qo'lga kiritdik. Qilgan mehnatlarimiz o'z samarasini berdi. Bunday natijani qo'lga kiritishimizda murabbiylarimizning xizmatlari katta" - deydi "Akrom Komilov

Jahongir Sotvoldiev yozib oldi



