29 iyun, shanba kuni O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi U-20 JCH-2013 F guruhi 3-tur uchrashuvlari doirasida Antaliyaning Akdeniz universiteti stadionida Urugvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O'zbekiston yoshlari uchun omadsiz kelgan bahsda Urugvay yoshlar terma jamoasi 4:0 hisobida g'alaba qozondi.
Urugvay terma jamoasini bugungi chiroyli g'alaba bilan tabriklayman. Raqibimiz bugun bizdan ko'ra yaxshiroq o'yin ko'rsatdi va haqli ravishda g'alaba qozondi, - dedi Ahmadjon Musaev.
Urugvayga qarshi uchrashuvning birinchi bo'limi o'rtalarida O'zbekiston yoshlar terma jamoasining yetakchi markaziy yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov jiddiy jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo'ldi. Aynan Iskanderov maydonni tark etganidan so'ng urugvaylik futbolchilar hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Biroq bosh murabbiyning fikricha, ushbu mag'lubiyatda Iskanderovning maydonni erta tark etgani hal qiluvchi rol o'ynagani yo'q.
Urugvay terma jamoasi o'yinga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rganini butun o'yin davomida namoyish eta oldi. Raqibimiz bizni har jabhada mag'lubiyatga uchratdi. Qaysidir manoda, Urugvay bugun bizga qanday o'ynash kerakligi borasida dars berdi. Shogirdlarim yomon o'ynadi, demoqchi emasman. Modomiki, shogirdlarim yomon o'ynagan ekan, bu faqat va faqat mening xatoim, - dedi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmadjon Musaev.
Eslatib o'tamiz, Urugvay terma jamoasiga qarshi o'yinda qayd etilgan yirik mag'lubiyatga qaramay, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi muddatidan avval nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritib ulgurgan.