Aguero: "Tebas "King Liga" haqida gapirgan ekan, demak turnir uni qiziqtira boshlagan"

Aslanov Jasurbek
10 yanv 2023
Serxio Aguero LaLiga rahbari Xaver Tebasning "Kings Liga" borasida aytgan so'zlariga fikr bildirdi.

LaLiga rahbari Ispaniya mediya ligasini cirk deb atab, u erda faqat gollargina futbolni eslatishi haqida gapirgandi.

"Agar Tebas "Kings Liga" haqida gapirgan ekan, demak turnir uni qiziqtirib qo'ygan.

Musobaqani muhokama qilishlari biz uchun yaxshi. Chunki biz havaskorlar darajasida o'ynab, futboldan zavq olyapmiz" - deydi Aguero.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Jijantes FC