

"U menga audioyozuv yubordi. Unda juda ko'p haqoratli so'zlar bor edi. Ilovani ochib, "Kanelo"dan kelgan xabarlarni o'qiganimda, "Obbo" dedim.
Men shunday javob berdim: "Janob Kanelo, menimcha, sen adashyapsan, Leoni tanimaysan, u Meksika futbolkasiga qadam bosmagan. Yanglishayotganingni tan ol".
Keyin esa u o'zining fikrini hurmat qilishimni aytdi", – dedi Aguero.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Alvares Lionel Messiga tahdid qilgandi. Shundan so'ng vaziyatga Mayk Tayson aralashib, Messini himoya qildi, oradan bir qancha vaqt o'tib esa Alvaresning o'zi Messidan uzr so'radi.



