Aguero: "MYU bilan derbi - "Manchester Siti" uchun yilining eng muhim o'yini"

Aslanov Jasurbek
10 dek 2017
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya Premer-ligasining 16-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Derbi - yilning eng muhim o'yini. Bu bir shahar, biz bir shaharda yashaymiz. Odamlar esa uchrashuvdan so'ng tanishlariga "Hoy, mening jamoam g'alabaga erishdi!" deya oladi. Shunday ekan, derbi biz uchun - eng muhimi va unda g'alaba qozonamiz deb umid qilaman!

O'zimni yaxshi his qilyapman. Bu erda juda baxtliman va APLni dunyodagi eng yaxshi liga deb hisoblayman" - deydi Aguero.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports