AGMKni yana bir hujumchi tark etdi va "Andijon"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
31 iyul 2022
Jurnalist Faxriddin Ro'ziev AGMK hujumchisi Zafar Polvonovning "Andijon"ga o'tganini ma'lum qildi.

"Andijon" tajribali forvardni transfer qildi. AGMKni Zafar Polvonov ham tark etdi. U 2-davrani Pro ligada o'tkazadi. Markaziy hujumchini "Andijon" O'zPFL ro'yxatidan o'tkazdi", - deb yozadi jurnalist.

Zafar Polvonov 2017 yildan buyon olmaliqliklar tarkibida harakat qilayotgandi. Ushbu mavsumda u faqatgina bir o'yinda maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia