AGMK jamoasining Dubay yig'iniga yo'l olgan to'liq tarkibi ma'lum

Alisher
20 yanv 2022
Yangi mavsumga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun AGMK jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inini BAAning Dubay shahrida davom ettiradi.

Yig'inga yo'l olgan to'liq tarkib ro'yxati quyidagicha:


Murabbiylar shtabi

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov

Katta murabbiy: Aleksandr Volkov

Yordamchi murabbiy: Hikmat Ergashev

Fitness murabbiy: Xayrulla Karimov

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy: Marat Axmerov

Darvozabonlar murabbiyi: Pavel Bugalo

Tahlilchi: Vitaliy Lushachev


Jamoa mamurlari: Ruslan Shaymardanov / Sherzod Yunusov

Shifokor: Elyor Kamalov

Massajchilar: Abdulla Rizboev / Nurbek Jo'raev

Operator: Sherzod Boyirov


Futbolchilar

Darvozabonlar: Botirali Ergashev, Dilshod Yoqubov, Jamoliddin Hikmatov.

Himoyachilar: Dilshod Ahmadaliev, Mirg'iyos Sulaymonov, Sardor Rahmonov, Andrey Mishenko, Anzur Ismoilov, Iskandar Bo'sinov, Akrom Komilov, Sheroz Jalolov.

Yarim himoyachilar: Sanjar Tursunov, Mirjamol Qosimov, Murod Toshmatov, Nodir Abdurazzoqov, Ixtiyor Xolmo'minov, Shohruh Gadoev, Xurshid G'iyosov, Alisher Jalilov.

Hujumchilar: Zafar Polvonov, Bobir Sobirov, Aleksandr Kasyan, Martin Boake.


*O'quv-mashg'ulot yig'inida darvozabon Valijon Rahimov va tayanch yarim himoyachi Abdulla Abdullaev O'zbekiston milliy jamoasining Dubaydagi yig'inida ishtirok etayotgani bois qatnashmaydi. Rahimov va Abdullaev AGMK jamoasining Antaliyada o'tadigan hal qiluvchi o'quv-mashg'ulot yig'iniga qo'shiladi.


AlisherMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати