AGMK DXX Kubogi kashfiyotini o'z safiga qo'shib oldi

Sherzod Nurmatov
6 sen 2022
Bu haqda olmaliqliklar matbuot xizmati xabar berdi.

"AGMK jamoasi murabbiylar shtabi selekciya ishlari jarayonida yaqindagina Respublika bo'yicha yoshlar o'rtasida mahallalar bo'ylab o'tkazilgan DXX Kubogi musobaqasida o'zini ko'rsatgan iqtidorli futbolchi Asadbek Ahmadjonov bilan professional shartnoma imzoladi.

Yoshlar o'rtasida o'tkazilgan DXX Kubogining Respublika bosqichida 1-o'rinni qo'lga kiritgan, Toshkent viloyatining "Do'stlik" MFY jamoasi sharafini himoya qilgan 17 yoshli istedodli futbolchi, musobaqada 10ta gol urib to'purar bo'lgan - Asadbek Ahmadjonov bilan 3 yillik professional shartnoma tuzdi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати