Abdusalom Azizov O'FAdagi faoliyatini davom ettiradimi?

Narzulla Saydullayev
25 noya 2024
Xabaringiz bor, kuni kecha DXX raisi Abdusalom Azizov o'z lavozimini tark etgan edi.

Abdusalom Azizov o'z navbatida O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi prezidenti ham hisoblanadi. Ko'pchilik futbol muxlislarida tug'ilayotgan savol: u kishi O'FAni boshqarishda davom etadimi? Shu savol bilan O'FA vakillariga yuzlandik va qisqa javob oldik: 

"To'g'risi, bu borada O'FAda hech qanday yangilik yo'q".

Ma'lumot uchun, Azizov 2019 yil iyul oyida O'FAning navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasida O'FA prezidenti etib saylangan edi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia