Agent: "Jorjinoga Italiyadan taklif yo'q edi"

Mirjalol Normatov
24 mar 2023
"Arsenal" futbolchisining agenti Joao Santos mijozining "to'pchilar" tarkibiga o'tishi haqida gapirdi.

"Jorjino "Arsenal"ga o'tganida unga Italiya klublari qiziqish bildirmagandi. Shunday bo'lib qoldi, bunday darajadagi katta profilga ega futbolchi A Seriya klublariga kerak bo'lmadi. Aslini olganda, Jorjinoning xarakteristikasi shundayki, u istalgan ligada o'ynay oladi", - dedi agent.

Qishda Jorjino "Chelsi"dan "Arsenal"ga o'tdi. 31 yoshli futbolchi "kanonirlar" tarkibida 8 o'yinda ishtirok etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport Witness