Agent: Igor Sergeev hamon "Tobol" futbolchisi

Biroz avval Qozog'istonning "Goal.kz" portali Igor Sergeev "Tobol" tarkibidan ketgani to'g'risida ma'lumot bergan edi.

O'zbekistonlik hujumchining agenti championat.asia bilan bog'lanib, bu xabar haqiqatga zid ekanini bildirdi. Unga ko'ra, hamyurtimiz haliyam "Tobol" futbolchisi hisoblanadi. Uning Kostanay klubi bilan yana 1 yilga amal qiladigan shartnomasi bor.  

Sergeev ayni paytda Toshkent shahrida bo'lib turibdi (1-yig'indan keyin dam olgani uyiga qaytgan). U ertaga Antalyaga yo'l olib, "Tobol" tarkibiga qo'shilishi kutilyapti.


Manba: championat.asia