Agar Ulrayx klubda qolsa, "Bavariya" Nyubelni ijaraga berib yuborishi mumkin

Alisher
29 sen 2020
Darvozabon Aleksandr Nyubel transferlar oynasi yakunlanishiga qadar "Bavariya"dan ijara asosida ketishi mumkin.

23 yoshli germaniyalikning kelajagi myunxenliklarning 32 yoshli darvozaboni Sven Ulrayxga bog'liq. U klubini o'zgartishini xohlamoqda, ammo yaqinda "Gerta" taklifiga rad javobini berdi.

Ikkala darvozabon ham Manuel Noyerga raqobatda yutqizgan holda, o'yin amaliyotiga ega bo'lishmayapti.

Eslatib o'tamiz, Aleksandr Nyubel shu yilda "Shalke"dan "Bavariya"ga o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: getfootballnewsgermany.com