Agar Sala tirik bo'lganida, "Kardiff"ni APLda saqlab qolgan bo'lardi!

Eldor Akmurzayev
7 may 2019, 23:40
Kardiff bosh murabbiyi Nil Uornok baxtsiz hodisa tufayli olamdan ko'z yumgan Emiliano Salani esga oldi.

U qishki transferlar oralig'ida Fransiyaning Nant klubidan Uels jamoasi safiga o'tgandi. Biroq, Salaga Kardiff safida birorta ham o'yin o'tkazish nasib etmadi.

Sala 10ta gol urib, bizni Premer-ligada qolishimizga sababchi bo'lgan bo'lardi. Afsuski, Emiliano hozir oramizda yo'q, – deya qayd etgan 70 yoshli mutaxassis.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca