"Bornmut" sobiq ustozi Gari O'Nil "Vulverxempton" bosh murabbiyi etib tayinlandi

Administrator
9 avg 2023, 22:35
Klub bugun Xulen Lopetegi bilan shartnomani bekor qilgandi.

"Vulverxempton" klubi jamoaga yangi bosh murabbiy tayinladi. "Bornmut" sobiq ustozi Gari O'Nil ushbu lavozimni rasman egalladi. U kechagina jamoa bilan shartnomasini bekor qilgan Xulen Lopetegining ishini davom ettiradi.

Ma'lumot uchun, Gari O'Nil 2022/2023 yilgi mavsumda "Bornmut"da ishlagandi va jamoani APLda jon saqlab qolishiga yordam bergandi.


AdministratorMuallif
Manba: www.wolves.co.uk

O'xshash yangiliklar