Agar RFEF prezidentligiga Antonio Torres kelsa, Maradona Ispaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Alisher
1 iyul 2020
"Ximnasiya La-Plata" bosh murabbiyi Diego Maradona Ispaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin.

Antonio Torres Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF)ga yangi prezident bo'lgan taqdirda, bu ish amalga oshishi mumkin.

Sobiq futbolchi va hakam fevralda RFEF rahbarligi uchun davogarlardan biriga aylandi, uning bo'lajak saylovlardagi raqibi federatsiyaning hozirgi prezidenti Luis Rubiales hisoblanadi.

Torresning so'zlariga ko'ra, u allaqachon Maradonaning vakillari bilan kelishuvga erishgan. Argentinalik Ispaniya termasiga tayinlangan taqdirda uning oldiga JCH-2022ning finaliga chiqish vazifasi qo'yiladi.

Maradona iyun oyi boshida "Ximnasiya" bilan tuzgan shartnomasini 2021 yilning so'nggiga qadar uzaytirgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Marca