

Shunday bo'ladigan taqdirda "qirollik klubi" markaziy himoyadagi kamchilikni to'ldirish uchun transfer bozoriga kirishga majbur bo'ladi.
32 yoshli Nacho yanvar oyida klub bilan amaldagi shartnomasining oxirgi 6 oyligiga kiradi. Yozda "Real Madrid" Antonio Ryudigerni jamoaga olib kelganidan so'ng ispaniyalik futbolchining madyondagi daqiqalari qisqardi va u haligacha klub bilan yangi shartlarni kelishib olgani yo'q.
Nacho Fernandes joriy mavsum Ispaniya La Ligasida bor-yo'g'i 7 ta o'yinda maydonda harakatlandi.



