

Ammo madridliklar prezidenti Florentino Peres uning "Liverpul"ga o'tib ketishidan havotirda.
Shu sababli, unga muqobil variant sifatida "Lester" futbolchisi Yuri Tilemans ko'rilmoqda.
Belgiyalik futbolchining "Lester" bilan shartnomasi 2023 yilning iyunida o'z yakuniga etadi. Shu sababli u yanvardan boshlab boshqa klublar bilan muzokara olib borishi mumkin. Unga "Real"dan tashqari "Barselona" tomonidan ham qiziqish bildirilmoqda.



