Afsonaviy Diego Godin faoliyatini tikladi

Абдулвосит Бектемиров
21 fev 2024
Urugvay terma jamoasining afsonaviy himoyachisi Diego Godin futbolchilik faoliyatini tikladi

Urugvay terma jamoasining afsonasi va Yevropaning bir nechta grand jamolarida to'p tepgan Diego Godin futbolchilik faoliyatini tikladi.

Futbolchi o'z instagram sahifasida Urugvayning "Porongos" klubi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, Diego Godin 2023 yilning yozida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi. Godinning so'ngi jamoasi esa argentinaning "Veles" jamoasi bo'lgandi. Shuningdek, Diego Godin faoliyati davomida "Nasonal", "Villyareal", "Atletiko", "Inter", "Kalyari" va "Atletiko Mineyro" jamoalarida faoliyat yuritgan.


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia