Afrika Millatlar Kubogi-2019. Zeedorf shogirdlari musobaqani g'alaba bilan boshladi

Eldor Akmurzayev
26 iyun 2019, 00:20
Bir necha daqiqalar oldin, Afrika Millatlar Kubogi-2019 birinchi turida F guruhidan o'rin olgan Kamerun hamda Gvineya-Bisau terma jamoalari to'qnashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda, kamerunliklar raqiblarini 2:0 hisobida taslim etdi. Qayd etish joizki Kamerun terma jamoasini gollandiyalik 43 yoshli mutaxassis Klarens Zeedorf boshqarmoqda.  

Eslatib o'tamiz, Toshkent vaqti bilan 01:00da ushbu kvartetdagi ikkinchi bahs Gana hamda Benin o'rtasida bo'lib o'tadi. 


F guruhi. 1 tur.


Kamerun – Gvineya-Bisau 2:0 (0:0, 2:0)

Ismoiliya stadioni.

Gollar: 1:0 – 66 Banana, 2:0 – 69 Baoken.

Kamerun – Onana, Dava, Banana, Oyongo, Ngade-Ngajui, Zambo-Angissa, Sutchin-Jum (Baoken, 67), Bassogog, Manjek, Shupo-Moting (Bumal, 79), Toko-Ekambi (NʼJi, 67).

Gvineya-Bisau – Jonash, Elizeu Najak, Rudinilson, Juari, Mankoni, Silva (Balde, 71), Zezinyu, Piketi (Jorje Intima, 75), Pele, Kande, Mendi (Mendes, 81).

Ogohlantirishlar: Rudinilson (58), Ngade-Ngajui (78), Bumal (85).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia