Afrika Millatlar Kubogi-2019. Tunis yana ochko yo'qotdi, Marokash esa Kot-dʼIvuar bilan to'qnash kelmoqda

Eldor Akmurzayev
28 iyun 2019
Afrika Millatlar Kubogining 2 turi doirasida Tunis termasi Mali bilan to'qnash kelib, murosa (1:1) yo'lini tanladi.

Tunisliklar ilk turda ham Angola bilan durang (1:1) o'ynagandi. Mazkur terma jamoalar joy olgan E guruhidagi ikkinchi bahs esa Angola – Mavritaniya o'rtasida ertaga, Toshkent vaqti bilan 19:30da bo'lib o'tadi.


E guruhi. 2 tur.

Tunis – Mali 1:1 (0:0, 1:1)

As-Suwais Stadium

Gollar: 0:1 – 60, avtogol Assen, 1:1 – 70 Xazri.

Tunis – Assen, Merya, Xaddadi, Bronn, Keshrida, Shalali, Sliti (Bin-Muhammad, 84), Xazri, Skiri, Badri (Msakni, 62), Xenissi (Shauat, 70).

Mali – Diarra, Vage, Kone, Traore, Fofana, Aydara (Traore, 86), Samasseku, Jenepo (Dumbiya, 75), Kulibali, Marega, Diabi (Traore, 80).

Ogohlantirishlar: Aydara (11), Skiri (38), Badri (41), Marega (59), Shalali (64), Samasseku (69).


Ayni daqiqalarda D kvartetidan o'rin olgan Marokash hamda Kot-dʼIvuar uchrashuvi o'tkazilmoqda. Shuningdek, bugun, Toshkent vaqti bilan 01:00da ushbu guruhdan joy olgan JAR va Namibiya vakillari o'rtasidagi o'yin ham bo'lishi ko'zda tutilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia