Afrika Millatlar Kubogi-2019. Mahrezning so'nggi soniyalardagi goli Jazoirni 29 yil deganda finalga olib chiqdi

Eldor Akmurzayev
15 iyul 2019, 02:05
Misrdagi qita birinchiligining 1/2 final ikkinchi juftligida Jazoir termasi Nigeriyaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvda hisob nigeriyalik himoyachi  Uilyam Trost-Ekongning avtogolidan so'ng ochildi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Odion Igalo Jazoir darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, o'rtadagi farqni tikladi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan beshinchi daqiqada esa Riyod Mahrez jarima zarbasidan chiroyli gol urib, Jazoirni 29 yil deganda musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga yo'l olishiga sababchi bo'ldi. 

Yarim finalda mag'lub bo'lgan Tunis hamda Nigeriya Toshkent vaqti bilan 18 iyul, soat 00:00da boshlanadigan bronza medallari uchun bahsda qatnashishadi.

Senegal hamda Jazoir o'rtasidagi hal qiluvchi o'yin esa 20 iyul sanasida (00:00) bo'lib o'tadi. 


Jazoir – Nigeriya 2:1 (1:0, 1:1)

Cairo International Stadium

Gollar: 1:0 – 40, avtogol Trost-Ekong, 1:1 – 72, penalti Igalo, 2:1 – 90+5 Mahrez.

Jazoir – Mboli, Mandi, Zeffan, Benlamri, Bensebayni, Gediura, Bennaser, Feguli, Mahrez, Buneja, Belaili.

Nigeriya – Akpeyi, Kollinz, Trost-Ekong, Omeruo, Avazem, Etebo, Chukvueze (Onekuru, 78), Ndidi, Ivobi, Igalo, Musa.

Ogohlantirishlar: Buneja (52), Feguli (68), Mandi (71), Avazem (88).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia