Adnan Al-Ali: Pley-offda Lokomotiv bilan o'ynasak yaxshi bo'lardi

Narzulla Saydullayev
12 dek 2013
Bugun yakunlangan OFK seminarida klublar o'zlari uchun kerakli barcha ma'lumotlarni oldilar. Lokomotiv o'z raqiblariga ular uchun yaratib beriladigan barcha shart-sharoitlarni klub taqdimoti orqali taqdim etdi.
Ko'pchilik taxmin qilayotgandek, temiryo'lchilar pley-off bosqichining 3 bosqichida Qatarning Lahviya klubi bilan uchrashadi.

Seminarning so'nggi kunida biz Lahviya klubi menejeri Adnan Al-Ali bilan kichik suxbat qurdik va u quyidagilarni biz bilan o'rtoqlashdi:

“Yurtingizda futbolga bo'lgan e'tibor nafaqat bizni balki butun Osiyoni hayratlantirmoqda. Birgina bolalar futbolini oladigan bo'lsak sizning barcha yoshdagi jamoalaringiz chempionlik uchun kurashadigan terma jamoalar qatoriga kiradi. Bu o'zbek futbolining katta tezlik bilan rivojlanayotganligidan darak beradi. Mening fikrimcha bu rivojlanish o'zbek futbol klublarida ham ko'zga tashlanmoqda. Biz OCHL saralash bosqichida yagona o'rin uchun sizning jamoangizni asosiy raqib sifatida ko'rmoqdamiz. Xatto bizning OAV ham Lokomotivni biz bilan o'ynashini aytishmoqda. Albatta biz boshqa raqiblarni xurmat qilgan holda, sizning klubingiz bilan uchrashishni niyat qilayapmiz. Agar bu orzu amalga oshsa Lahviya klubi sizlar uchun barcha eng yaxshi sharoitlarni yaratib beradi. Dohada sizlarni kutib qolamiz.”

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz