Turkiya Superligasi. "Rizespor" mehmonda "Demirspor"ni mag'lub etdi, Aliqulov ikkinchi o'yinda ham gol urdi!

Alisher
18 avg 2024
Turkiya Superligasi 2-tur doirasidagi "Adana Demirspor" - "Rizespor" o'yini bo'lib o'tdi.

O'tgan o'yinda gol urgan mehmonlarning o'zbekistonlik himoyachisi Husniddin Aliqulov o'yinni doimgidek asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi. Qayd etish kerakki, hamyurtimiz jamoasining ilk goliga mualliflik qildi. Shunday qilib Aliqulov 2-turda ham gol urgan holda chempionatning to'purarlar jadvalida birinchi o'rinda ketmoqda.


"Adana Demirspor" - "Rizespor" 1:2

Gollar: Yusuf Barasi (90+7, penalti) - Husniddin Aliqulov (41), Ali Sove (74).





AlisherMuallif
Manba: championat.asia