Abramovich Xolandni 175 mln evroga xarid qilishga tayyor. Uni boshqa forvardlar qiziqtirmaydi

Alisher
13 iyul 2021
"Chelsi" "Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xolandga qiziqish bildirmoqda.

Nemis klubi klubi davogarlarni "yo'qotish" uchun unga 160 million evrolik narx qo'ydi. Ammo, "Chelsi" xo'jayini Roman Abramovich jamoada faqatgina Xolandni ko'rmoqchi, uni boshqa variantlar qiziqtirmaydi.

Shu sabab Abramovich bitimni tashkillashtirish uchun 175 million evro ajratdi. Ushbu mablag'larning bir qismini London klubi kelajakda futbolchilarini sotish orqali qaytarishni rejalashtirgan.

20 yoshli Xoland o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 27ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato