

Ma'lumotlarga ko'ra, Abramovich "Chelsi"ning sobiq futbolchilari Andrey Shevchenko va Dide Drogbadan Anchelotti bilan suhbatlashib, uni jamoani boshqarishga ishontirishni so'ragan. Ammo italiyalik mutaxassis "Bavariya" bilan shartnoma tuzdi.
"Menga qaysi futbolchilar qo'ng'iroq qilgani haqida gapirmayman, ammo bu haqiqat. Bundan avvalroq Rummeniggega "Bavariya"ni boshqarishga vada bergan edim. O'z so'zimda turganimdan xursandman" - deydi Anchelotti.



