Abramovich: "Lempard - klubning yuzi, uning bu erdagi darajasi o'zgarmaydi"

Mirjalol Normatov
25 yanv 2021
"Chelsi" prezidenti Roman Abramovich 42 yoshli mutaxassis Frenk Lempardning iste'fosi haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, klub bugun bosh murabbiyning iste'foga chiqarilganini ma'lum qildi.

"Bu qarorga kelish juda og'ir bo'ldi. Frenk bilan munosabatlarimiz juda yaxshi, uni qattiq hurmat qilaman. U juda tartibli va yuqori mehnat etikasiga ega inson. Biroq bunday holatda biz bosh murabbiyni o'zgartirishga qaror qildik.

Klub nomidan Frenkga minnatdorlik bildiramiz. U klubimizning yuzi va uning bu erdagi darajasi o'zgarmaydi. "Stemford Brij" uni doimgidek yuqori ishtiyoq bilan kutib oladi", - dedi Abramovich.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal