Kechadan boshlab O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining darvozabonlar murabbiyi Shavkat Abduxo'jaev shogirdlari bilan penaltilar seriyasiga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Bu borada terma jamoamizda katta tajriba bor. Aynan Osiyo chempionatining finalida biznikilar penaltilar seriyasida g'alabani qo'lga kiritgan edilar. Chorak finalda esa koreyaliklar penaltilar seriyasida bizga mag'lubiyatga uchragan edi.