

- Paragvayni 2:1 hisobida mag'lub etdik, bunga shukur qilamiz. Kechagi bahsda murabbiylarning barcha ko'rsatmalarini bajara olganimiz uchun g'alaba qozondik deb o'ylayman. O'yinda tartib-intizomni ushlab turdik va g'alaba qozondik.
- Jahon chempionati qanday o'tmoqda?
- Jahon chempionati atmosferasi zo'r o'tmoqda. Qatar mamlakatiga rahmat aytish kerak. Ajoyib kutib olishdi, yotayotgan mehmonxonamiz, ovqatlari zo'r. Hech qanday kamchilik yo'q, barchasi zo'r.
- Irlandiyaga qarshi o'yinga tayyorgarlik qanday ketmoqda?
- Taktik-nazariy mashg'ulot xonamizda Irlandiya termasini o'rganib chiqdik. Ular jismonan juda baquvvat, taktik juda kuchli. Shunga yarasha murabbiylarimizning ishlab chiqqan yangicha uslubini qo'llab ko'ramiz.



