

Abdusamad Chorshanbievich 3 iyuldan rasman yana “Neftchi”ga qaytdi. Endilikda Do'rmonovlarning to'ng'ichi yoshlar jamoasini boshqaradi. Abdusamad Do'rmonov ilgari ham Farg'onaning bosh jamoasida turli lavozimlarda ishlagandi. 53 yoshli mutaxassis ma'lum muddat o'tib, yana jamoaga qaytarildi.




