Azizbek Erimbetov: "Keyingi bahsda biz oldingidan-da yaxshiroq o'yin ko'rsata olamiz deb o'ylayman"

Mirjalol Normatov
7 noya 2025
O'zbekiston U17 termasi futbolchisi Abdusamad Saidov dastlabki o'yin haqida gapirdi.

- O'yin zo'r bo'ldi. Birinchi taym biz kutgandek o'tdi. Ikkinchi taymda yigitlarning o'yini chiqmadi. Keyingi bahsda biz oldingidan-da yaxshiroq o'yin ko'rsata olamiz deb o'ylayman.

- Jahon chempionatini yaxshi natija boshlab oldik. Sizlarga rahbariyat tomonidan qanday minimum vazifa qo'yilgan?

- Minimum vazifani bilmadim. Lekin biz o'zimiz akalarimiz qilgan ishdan ko'prog'ini bajarmoqchimiz.

- O'zbekiston termasi Paragvaydan ustunmidi?

- Ular jismonan kuchli edi. Agarda biz to'p bilan tezroq o'ynasak, ular hech nima qila olmasdi. 

- Paragvay tepgan penalti haqida fikringiz qanday?

- Buni aniq penalti deb ayta olmayman. 50ga 50 vaziyat edi. 

- Irlandiyaga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlandi. Ushbu raqibni qanday o'rganib chiqdingizlar?

- Bu raqibni endi o'rgana boshladik. Irlandiya ham yaxshi jamoa ekan. Ularni ham mag'lub etib, 6 ochkoli bo'lishga harakat qilamiz.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia