

Koreya Respublikasi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng yosh muxlis bir necha qo'riqchilardan o'tib, maydonga yugurib tushdi va Abbosbek Fayzullaevni yoniga borib, uni quchoqlab oldi. Shundan so'ng stadion qo'riqchilari bolakayni maydondan olib chiqib ketishga urinishdi, ammo futbolchilarimiz bunga yo'l qo'yishmadi. Abbosbek Fayzullaev esa bolakayga o'z libosini sovg'a qildi. Yigitcha esa ko'zyoshlarini tiyib tura olmadi.








