Sharmandalik! Koreya Respublikasi va Avstraliya o'rtasidagi uchrashuv stadioni to'liq qordan tozalanmagan

Khoja
3 mar 2024, 23:27
Bugun O'zbekistonda ayollar o'rtasidagi U-20 Osiyo kubogi musobaqasi start oldi.

O'zbekiston terma jamoasi "Jar" stadionida Xitoy Taypeyiga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. 

Guruhdagi ikkinchi bahs Koreya Respublikasi va Avstraliya o'rtasida "Do'stlik" stadionida kechdi. E'tiborlisi bu o'yinda maydon qordan to'liq tozalanmagan ekan. Futbolchilar mana shunday sharoitda to'p tepishdi.  Uchrashuvda Avstraliyalik qizlar raqibalarini 2:1 hisobida mag'lub etishdi. 

So'nggi kunlarda yurtimizda qalin qor yog'moqda, lekin hatto Superliga o'yinlari ham qorli maydonlarda o'tayotgani yo'q.




KhojaMuallif
Manba: