Abbos Fayzullaev: "Penalti tepishni xohladim, gol urishimga ishonardim"

Sherzod Nurmatov
21 sen 2023
SSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev Rossiya Kubogi doirasidagi "Sochi" bilan bahsdan keyin (1:1, penaltilar bo'yicha – 4:2) fikrlarini bildirib o'tdi.

"Zo'r o'yin bo'ldi. Ushbu jangovar bahsda ikki jamoa ham oxirigacha kurashdi. Stadionga kelib, so'nggi soniyalarga qadar bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat. Barchani g'alaba bilan tabriklayman!

Bu mening o'z uyimizdagi ikkinchi o'yinim edi. Bugun Kubok bahsiga ancha muxlis yig'ildi. 

Biz oxirigacha kurashib, g'alaba qozonishni uddaladik", – deya gap boshladi Fayzullaev.

Penalti tepishni o'zingiz xohladingizmi yoki bu vazifa sizga tayinlanganmidi?

- Tayinlashgandi, ammo o'zim ham tepishni xohladim, gol urishimga amin edim.

- Jamoaga kirishib ketishingiz oson kechdi. Ko'proq kim bilan muloqot qilasiz?

- Hamma bilan muloqot qilishga urinyapman. Boshida Sasha Zdelar ko'p gaplashdim. U farzandli bo'lgani uchun rafiqasi oldiga jo'nab ketdi. Uni chin dildan tabriklayman! Darhaqiqat, bugun men ham jiyanli bo'ldim (kuladi).

Sashadan tashqari, Gleb, Kislyak, Lukin bilan iliq munosabatdaman.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЦСКА матбуот хизмати