A Seriyaning ikki muhim o'yini qoldirilishi mumkin

Mirjalol Normatov
28 okt 2018
A Seriya doirasidagi "Jenoa" - "Udineze" hamda "Lacio" - "Inter" uchrashuvi qoldirilishi mumkin.

"FantaGazzetta" xabariga ko'ra, buning asosiy sababi sifatida ob-havoning keskin yomonlashgani keltirilmoqda. So'nggi kunlarda Italiyada havo yomg'irli bo'lib turibdi.

"Jenoa" - "Udineze" uchrashuvi bugun, "Lacio" - "Inter" bahsi esa ertaga o'tkazilishi rejalashtirilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: FantaGazzetta