A Seriyaning 26-tur o'yinlarida Astori xotirasi yodga olinadi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2019
Italiya chempionatining 26-tur o'yinlari "Fiorentina" sobiq himoyachisi Davide Astori xotirasiga bag'ishlanadi.

2018 yilning 4 mart kuni futbolchi 31 yoshida vafot etgan edi.

Astorining surati har bir o'yinning 13-daqiqasida stadion ekranlarida namoyish etiladi. Muxlislar o'sha daqiqada qarsaklar bilan futbolchi xotirasini yodga olishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia