A Seriya. "Roma" va "Milan" ishtirokidagi o'yinlarda 5 tadan gol urildi

11 may 2026, 02:04
Italiya A Seriyasi 36-tur doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tdi.

“Roma” mehmonda “Parma”ni 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. O'yindagi hal qiluvchi gol 90+11 daqiqada Doniell Malen tomonidan penaltidan urildi. Qayd etish kerakki, mezbonlar 90+9 daqiqada bir kishi kam bo'lib qolishdi.

“Atalanta” esa “Milan”ni 3:2 hisobida taslim etdi. Bergamoliklar o'yinda 3:0 hisobida oldinga borishayotgan edi, ammo milanliklar o'yinning so'nggi qismida ikkita gol urishning uddasidan chiqishdi.

“Milan” va “Roma” Italiya chempionatida 36 o'yindan so'ng 67 ochkodan jamg'arib, jadvalning to'rtinchi va beshinchi o'rnida borishmoqda.


2026-05-11 02.00.37.jpg


Manba: championat.asia