A Seriya klubi Mxitaryanni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
2 sen 2019
"Arsenal" xavbeki Genrix Mxitaryan "Roma"ga o'tishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar tarqatdi. Klublar futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

"Bo'rilar" Genrixni sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olmoqchi.

Mxitaryan "Arsenal"ga 2018 yanvarda Aleksis Sanches bilan bo'lgan almashinuv orqali kelgan.

Futbolchi joriy mavsum premer-liganing 3ta o'yinida maydonga tushib, 111 daqiqa harakat qildi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano