A Seriya klubi Mustafiga shartnoma taklif qildi

Alisher
11 avg 2021, 12:57
"Shalke" va "Arsenal" sobiq himoyachisi Shkodran Mustafi faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Ayni damda erkin agent maqomidagi futbolchi "Jenoa" rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqda. Genuya klubi 29 yoshli o'yinchiga 4 yillik shartnoma taklif qildi.

Shkodran o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Shalke"da o'tkazdi. Himoyachi Bundesliga doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

"Jenoa" o'tgan mavsum A Seriyada 11-o'rinni egalladi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira