A Seriya klubi David Silvaning transferini qachon e'lon qilishi ma'lum

Eldor Akmurzayev
8 avg 2020, 21:40
Rimliklar “Manchester Siti” xavbekini qo'lga kiritishga yaqin.

Corriere dello Sport'ning xabar qilishicha, Silva 10 avgust, dushanba kuni “Lacio” bilan shartnoma imzolaydi. Taxminlarga ko'ra, kelishuv 3 yilga mo'ljallangan.

Silva 2010 yil “Valensiya”dan “shaharliklar” safiga kelib qo'shilgan edi. 34 yoshli ispaniyalik joriy mavsum klub libosida 39 o'yinda qatnashdi va 6+10 natija ko'rsatdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Corriere dello Sport