A Seriya. "Jenoa"ning "Roma"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi ma'lum. Eldor qachon safga qaytadi?

"Jenoa" klubi matbuot xizmati ertaga "Roma"ga (A Seriya, 7-tur) qarshi o'tadigan o'yin uchun jamoaning qaydnomasini ma'lum qildi. Ro'yxatdan 24 kishi o'rin egallagan.

Darvozabonlar: Federiko Marketti, Alberto Paleari, Mattia Perin.

Himoyachilar: Mattia Bani, Davide Birashi, Lennart Chiborra, Domeniko Krishito, Edoardo Goldaniga, Andrea Masiello, Luka Pellegrini.

Yarim himoyachilar: Milan Badel, Valon Bexrami, Lukas Lerager, Filippo Melegoni, Vitorio Parigini, Ivan Radovanovich, Nikolo Rovella, Mixa Zayc.

Hujumchilar: Yoel Asoro, Mattia Destro, Paolo Gilone, Goran Pandev, Marko Pyaca, Janluka Skamakka.

Championat.asia' ma'lumotiga ko'ra, ham "Jenoa" forvardi Eldor Shomurodov jarohatidan to'liq tiklanishga ulgurmagan, u "Roma" bilan o'yindan keyin umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shiladi.


Manba: championat.asia