9 oydan beri maosh olmay "och qolayotgan" Toshkent shahar futbol associaciyasi

Alisher
16 okt 2020
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich tomonidan 2019 yilning 4-dekabr kuni 5887-sonli farmon asosida, 2020 yilning may oyida Vazirlar mahkamasining 311-sonli qarori e'lon qilindi.

Hududiy futbol associaciyalari faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risidagi farmonda Qoraqalpog'iston Respublikasi. Toshkent shahar va viloyatlarining mahalliy byudjetlarining qo'shimcha daromadlari hisobidan moliyalashtiriladi. 

Afsuski, bizga ma'lum qilishlaricha Toshkent shahar futbol associaciyasi so'nggi marotaba yanvar oyida maosh olganlar. Bugungi kunda 14ta hududning 11tasi viloyat hokimliklari tomonidan to'liq moliyalashtirilgan. Toshkent shahar futbol associaciyasida bugun 10 nafarga yaqin xodimlar faoliyat olib borayotganligini hisobga olsak, pandemiya sharoitida 9 oy maoshsiz qolishni tasavvur qilish qiyin. 

Toshkent shahar futbol associaciyasini xo'jalik sudiga berish bo'yicha ATSdan ham xat kelgan. Xatto telefon tarmog'iga puli yo'q tashkilotni bir necha marotaba ishlab turgan joylaridan ijara pulini to'lamaganliklari uchun chiqarib yuborishganligi ham ma'lum. 

Saytimiz mazkur masalani o'rganish maqsadida hokimiyat masullari bilan bog'lanishga harakat qiladi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia