6 iyun kuni "Nasaf" - "Sho'rtan" o'rtoqlik uchrashuvi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2020, 16:56
Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sababli dunyoning ko'plab mamlakatlari qatori O'zbekistonda ham futbol uchrashuvlari va mamlakat ichki chempionati to'xtatilgan edi.

O'zPFL yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda milliy chempionat bahslarini davom ettirish bo'yicha o'z rejalarini ishlab chiqqani va buni Superliga hamda PRO-Liga klublari bosh murabbiylari bilan muhokama qilgani haqida oldinroq xabar berilgan edi. Yaqinda O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan Professional Futbol klublariga o'z o'quv mashg'ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda boshlashga ruxsat etildi.

O'z oldiga yuksak marralarni qo'ygan "Oq bo'rilar" jamoasi ham mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Asror Aliqulov shogirdlari yig'inda e'tiborni asosan jismoniy va taktik tayyorgarlikka, shuningdek jamoaviy o'yinni shakallantirishga qaratishgan. Rejaga muvofiq "Sho'rtan" ertaga sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Ushbu uchrashuvda "Oq bo'rilar"ga Ro'ziqul Berdiev boshqaruvidagi “Nasaf” jamoasi raqib bo'ladi. Uchrashuv Qarshidagi Markaziy “Nasaf” stadionida soat 19:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Шўртан” ПФК матбуот хизмати