"38 yoshimda Ronaldudan yaxshiroq o'ynagan bo'lardim" - Van Basten

Sherzod Nurmatov
19 avg 2023
Niderlandiyalik afsonaviy hujumchi Marko van Basten 38 yoshli Ronaldu haqida fikrlarini bildirdi.

"Krishtianu Ronaldu, nazarimda, uslubi bo'yicha menga yaqin. Garchi jismonan u mendan kuchliroq.

Ronaldu 38 yoshda, u hali ham yomon emas. Ammo shu yoshga qadar o'ynay olganimda, undan yaxshiroq bo'lardim, deb o'ylayman".

Van Basten faoliyati davomida 300 dan ortiq gol urgan va 1995 yil 30 yoshida jarohat tufayli butsasini mixga ilishga majbur bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sportskeeda