32 o'yinda 102 ta gol – Yevropa Ligasi 1/16 finalining yangi rekordi

Omonjon To`xtamirzayev
26 fev 2021
Yevropa Ligasi 1/16 final bosqichi javob uchrashuvlari yakunlandi.

Yevropa Ligasi 1/16 finalining 32 uchrashuvida umumiy hisobda 102 ta gol  (o'rtacha har o'yinda 3,19 ta gol) urildi.

Bu musobaqaning ushbu bosqichi uchun yangi rekord hisoblanadi.

Avvalgi eng yaxshi ko'rsatkich o'tgan mavsum o'rnatilgan bo'lib, o'shanda jamoalar 95 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'lgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru