3 oyda haydalgan Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti o'rniga yangi rahbar saylandi, ammo u ham 3 oyda ishsiz qolishi mumkin

Aslanov Jasurbek
16 dek 2024
Rafael Lusan Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi yangi prezidenti etib saylandi.

U 2028 yilgacha federatsiya rahbari safitad faoliyat yuritadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Lusan nomzodini Assambleyaning 90 vakili qo'llab-quvvatlamoqda, uning raqibi Salvador Gomar 43ta ovoz yiqqan. Xabar berishlaricha, saylovoldi kampaniyasi davrida Lusanni LaLiga rahbari Xaver Tebas qo'llab turgan.

Lusan qisqa muddat ichida federatsiya prezidentligidan ketishi mumkin, chunki u Moranyadagi futbol maydoni rekonstrukciyasi uchun ajratilgan pullarni o'g'irlashda aybdor deb topilgan. Lusan bu qaror bo'yicha Ispaniya oliy sudiga apellyaciya bergan, yakuniy qaror 2025 yilning fevralida e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, federatsiyaning avvalgi prezidenti Pedro Rocha saylovda g'olib bo'lganidan 3 oy o'tib ishsiz qolgan edi. U mansabini suistemol qilgani uchun 2 yilga futboldan chetlatilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As